64 katakli shashka bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tmoqda

Poytaxtimizda shashka bo‘yicha 8 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

1.jpg

Chempionat bahslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlaridan tashqari barcha hududlardan kelgan yosh shashkachilar ishtirok etmoqda. Musobaqalarda 186 nafar sportchi qizg‘in bahsga kirishgan.

4.jpg

Bugun musobaqaning blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Blitsda Mavluda Mahmudova (Namangan), Shahzoda Fayzullayeva (Buxoro), Malika Xalilova (Farg‘ona), Niara Abdishayeva (Farg‘ona), Vasfiya Berdiqulova (Sirdaryo), Fitrat Olimov (Buxoro), Laziz Muraliyev (Sirdaryo), Ozodbek O‘rmonaliyev (Sirdaryo), Umid Boltaboyev (Sirdaryo), Hoshimjon Ergashev (Namangan) g‘oliblik shohsupasining eng yuqorisidan joy oldi.

3.jpg

11.jpg
Rapid yo‘nalishida Shahina Ahmedova (Buxoro), Asal Botirova (Buxoro), Robiya Nig‘matullayeva (Toshkent sh.), Shahzoda Tursunmurodova (Sirdaryo), Amirbek Shahobov (Buxoro), Nazarbek Abdurasulov (Buxoro), Husniddin Jiyanboyev (Sirdaryo), Sunnat Hamroyev (Sirdaryo) 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
E-visa Form
Uzbek