9-mart kuni “Bunyodkor” va “Paxtakor”ning rasmiy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Uning 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Superliga 2-turi doirasida “Paxtakor” klubini qabul qiladi.

“Bunyodkor” – “Paxtakor” bahsi 10-mart kuni “Bunyodkor” stadionida soat 17:30 da boshlanadi.

Ertaga, 9-mart kuni har ikkala jamoa “Bunyodkor” stadionida o‘zining rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazadi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “qaldirg‘ochlar” soat 11:00 da, Shota Arveladze ustozligidagi “Paxtakor” vakillari esa 17:00 da rasmiy mashg‘ulotlarini boshlaydi.

Har ikkala mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo‘ladi. Shuningdek, mashg‘ulot oldidan jurnalistlar o‘yin arafasidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan jamoa a’zolariga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

E-visa Form
Uzbek