Bankomat va infokiosklar – mijozlarga qulaylik yaratish uchun!

Prezidentimizning 2017-yil 15-fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan aholi turmush farovonligini ta’minlash, xizmatlar sifatini oshirish, plastik kartochkalardan foydalanishda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, 2017-yilda 10 dona qo‘shimcha bankomat sotib olinib, bankning mintaqaviy filiallarida ishga tushirildi. 

Mamlakatimiz bo‘ylab bank infokiosklari tarmog‘i kengayib bormoqda. Bank infokiosklari 2015-yilda atigi 26 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2016-yilda 125 ta va 2017-yilda 30 ta qo‘shimcha infokiosklar xarid qilindi. Ayni vaqtda bank tizimida 180 dona infokiosk aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Infokiosklar bank filiallari, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, kommunal tashkilotlar, ta’lim va tibbiyot muassasalari hamda boshqa gavjum joylarga o‘rnatilgan.

Слайд1.JPG

Toshkent shahar mintaqaviy filiali tomonidan Mirobod bozori xududida va bankning markaziy idorasi binosida bankomat joylashtirilgan. Shu kunlarda Samarqand va Buxoro mintaqaviy filiallari binolariga bankomatlar joylashtirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Bu chora-tadbirlarning barchasi aholi va mijozlarga zamonaviy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, fuqarolarning tijorat banklariga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

“Qishloq qurilish bank” bankomatlarida bir vaqtning o‘zida ham naqd pul mablag‘larini yechish, ham plastik kartochkalar bilan amallar bajarish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

(+99871) 150-39-93, 150-76-47, www.qqb.uz 

E-visa Form
Uzbek