Bokschilarimiz Hindistonda ringga ko‘tariladi

Hindistonda 28 yanvardan 1 fevralga qadar boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida “India Open” xalqaro turniri o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqaning 46-49 kilogramm vazn toifasida Mironshoh Ibragimov, 52 kgda Xudoynazar Fayzov, 56 kgda Abdulhay Shorahmatov, 60 kgda Sherbek Raxmatullayev, 64 kgda Iqboljon Xoldorov, 69 kgda Bobousmon Boturov, 75 kgda Isroil Madrimov, 91 kgda Sanjar Tursunov, +91 kgda Bahodir Jalolov va Lazizbek Mullajonov mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

“India Open” xalqaro turniri bokschilarimiz uchun nufuzli musobaqalar oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

E-visa Form
Uzbek