–Energetika sohasida kelgusi besh yilda umumiy qiymati 1,3 milliard dollarlik jami quvvati 1 ming 250 Mega-Vatt bo‘lgan loyihalar amalga oshiriladi. Jumladan, G‘uzor tumanida 200 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar hisobiga quvvati 300 Mega-Vatt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi barpo etiladi.
Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasida 1 milliard dollar xorijiy investitsiya hisobidan qo‘shimcha 900 Mega-Vatt quvvatlar ishga tushiriladi.
Shuningdek, 500 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobidan Muborak issiqlik elektr stansiyasi modernizatsiya qilinadi. Umuman, Energetika vazirligi huzurida yirik tarmoq loyihalari uchun infratuzilma barpo etish maqsadida maxsus jamg‘arma tashkil etilib, unga 200 million dollar mablag‘ ajratiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zA