Hindistonda to‘rt bokschimiz chorak finalda bellashadi

Hindistonda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Indian Open” xalqaro turnirida ikki nafar bokschimiz yarim finalga yo‘l oldi.

Vazni 91 kilogrammdan ortiq bo‘lgan bokschimiz Bahodir Jalolov chorak finalda hindistonlik Narenderni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Shuningdek, 56 kilogrammgacha vazn toifasida Abdulhay Shorahmatov hindistonlik Madan Lal ustidan g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi.

Bugun bo‘lib o‘tadigan janglarda Xudoynazar Fayzov – Mavia Laldin (Hindiston), Iqboljon Xoldorov – Ashish (Hindiston), Bobousmon Boturov – Gala Binshu Prasad (Nepal) hamda Isroil Madrimov – Hamid Azizi (Afg‘oniston) bilan yarim final yo‘llanmasi uchun bellashadi.

E-visa Form
Uzbek