Qatarda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan «Fyuchers» turkumidagi xalqaro turnirda Jo‘rabek Karimov yarim finalga chiqdi.
Musobaqaning yakkalik bahslarida Jo‘rabek germaniyalik Jorj Fon Massouni 6:1, 1:6, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa J.Karimov musobaqaning yarim finalida germaniyalik Benjamin Xassanga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.