Germaniyaning Oberxof shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogi to‘rtinchi bosqichining sprint poygalari yakunlandi.
Erkaklar o‘rtasidagi 10 kilometr masofaga o‘tkazilgan sprint poygalarida fransiyalik Marten Furkad, norvegiyalik Emil Xegle Svendsen va Yoxannes Byo shohsupaga ko‘tarildi.
Jahon kubogida umumhisobda erkaklar o‘rtasida Marten Furkad 492 ochko bilan birinchi pog‘onada borayotgan bo‘lsa, slovakiyalik Anastasiya Kuzmina xotin-qizlar o‘rtasida 362 ochko bilan barchani ortda qoldirmoqda.