O‘zbekiston Prezidenti Jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 14-iyun kuni Moskvaga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan futbol bayramiga xos ko‘tarinki muhitda kutib olindi.
Shavkat Mirziyoyev “Lujniki” olimpiya kompleksida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdi.
48acb571-fd40-f44d-a7c3-fdbf8d7d4b7b.jpg
Mazmunli g‘oyaviy yechim, noyob texnik imkoniyatlar asosida tayyorlangan tantanali tadbir tomoshabinlarga katta zavq bag‘ishladi. Mashhur estrada yulduzlari ijrosida jahon chempionatining rasmiy qo‘shig‘i yangradi. Butun dunyodan kelgan muxlislar futbol olamining eng nufuzli musobaqasida ishtirok etayotgan mamlakatlar jamoalarini qutladi.
Prezidentimiz oliy martabali mehmonlar qatorida Rossiya va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qildi. Xorijiy davlatlar rahbarlari bilan samimiy muloqotlar o‘tkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu kunning o‘zida Toshkentga jo‘nab ketdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Matbuot xizmati

 

E-visa Form
Uzbek