O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tashkil etiladi

2007-yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tuzilmasida rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi Oliy o‘quv kurslari faoliyat yuritib kelayotgan edi.

“Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi etib qayta tashkil etiladi.

Bosh prokuratura Akademiyasining asosiy faoliyati prokuratura organlari xodimlarida bilim va ko‘nikmalarni shakillantiradi, xodimlarning kasbiy faoliyati bilan uzviy bog‘liqlikka tayangan holda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi va boshqa tizimga oid bir qancha vazifalarni o‘z ichiga olgan.

E-visa Form
Uzbek