Prezidentimiz Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun azaliy qadriyatdir.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng nishonlanayotgan Xotira va Qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam.

9 may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni. Bu yerga senatorlar va deputatlar, hukumat a’zolari, harbiylar kelgan.

Soat 9:30. Maydonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirib keldi.

Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi – harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

07e82a5c-d6b7-f307-a501-e6915f5dc338.jpg
E-visa Form
Uzbek