Shohjahon Ergashev AQSH tomon yo’l olmoqda

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (12-0, KO 12) O’zA muxbiriga xabar berishicha, joriy yilning 13 fevral kuni AQSHning Detroyt shahriga jo’nab ketadi.

U Detroytda o’zining navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko’radi. Hozirda unga kim raqib bo’lishi aniq emas. Biroq Shohjahonning so’zlariga ko’ra, yaqin kunlarda navbatdagi bellashuvda kimga qarshi ringga ko’tarilishi aniq bo’ladi.

Eslatib o’tamiz, o’tgan haftada Shohjahon Jahon boks uyushmasi (WBA)ning reytingida 12-pog’onaga ko’tarilib olgani haqida xabar bergan edik.

E-visa Form
Uzbek