Surxondaryo viloyatida yangi ekoturistik yo‘nalish ochiladi

Surxondaryo viloyatidagi Sherobod tumanida joylashgan Zarautsoy yo‘nalishi bo‘ylab ekoturizm yo‘lga qo‘yiladi.

Arxeolog olimlar Zarautsoydagi tog‘ qoyalariga o‘yib chizilgan rasmlarning mezolit, neolit davrlariga mansubligini aniqlagan.

O‘tmishdagi ajdodlarimiz qizil oxra bilan ishlagan rasmlarda itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzaralari mahorat bilan chizilgan. Niqoblangan odamlar, burama shoxli echki, jayron, tulki, tog‘ echkisi kabi ko‘plab yovvoyi hayvonlar yuksak did bilan tasvirlangan.

2017-yilda Surxondaryo viloyatiga sakkiz mingdan ortiq xorijlik, 40 mingga yaqin mahalliy sayyoh tashrif buyurdi.

E-visa Form
Uzbek