Tayanch maktab o‘qituvchilari o‘zini o‘zi sinovdan o‘tkazish nazorat ishlarini maxsus portaldan topadi

Endilikda tayanch maktab o‘qituvchilari Respublika ta’lim markazi tomonidan tayanch maktablar uchun ishlab chiqilgan o‘quv materiallari asosida kurs materiallari, o‘zini o‘zi sinovdan o‘tkazish nazorat ishlari va boshqa zaruriy ma’lumotlarni innovasiya.masofa.uz portalidan olishi mumkin. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligida aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlaridan tayanch maktablari faoliyatini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytildi.

E-visa Form
Uzbek