Tog‘ chang‘ichimiz Komil To‘xtayev nufuzli turnirda g‘alaba qozondi

Qirg‘izistonda tog‘ chang‘isi bo‘yicha o‘tkazilgan “Orlovka Cup” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 2 oltin va 1 bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Chang‘i sport turlari xalqaro federatsiyasi (FIS) tomonidan o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan kelgan sportchilar ishtirok etdi. Nufuzli turnirda mamlakatimiz sharafini Arman Gayupov, Komil To‘xtayev, Damir Buxarbayev, Rolan Raimqulov, Muhammadali Asanov va Ulan Gayupov himoya qildi.

Tog‘ chang‘isining slalom yo‘nalishida ikki startdan iborat musobaqada Komil To‘xtayev barcha raqiblarini orta qoldirib terma jamoamizga 2 oltin medalni keltirgan bo‘lsa, yana bir sportchimiz Rolan Raimqulov bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Bu musobaqa sportchilarga XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari oldidan so‘nggi tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi.

E-visa Form
Uzbek