Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Janubiy Koreyaning Chonbuk Milliy universiteti hamkorligida “Innovatsion texnologiyalardan foydalanib veb-sayt yaratish va rivojlantirish” mavzuiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
– Bugun muassasamizda malakali kadrlar tayyorlanmoqda, – deydi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori D.Jumaboyev. – Talabalarimiz Janubiy koreyalik tengdoshlari bilan o‘zaro ilmiy hamkorlik aloqalarini davom ettirishi, innovatsion g‘oyalar, zamon talablariga mos loyihalar ustida izlanishlar olib borishi o‘z samarasini berishiga ishonamiz.
Seminar-trening mashg‘ulotlari 29 yanvargacha davom etadi.