“Uzbek Tigers” jamoasi a’zolari Kuba tomon yo‘l oldi

Avval xabar berganimizdek, boks bo‘yicha “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumidagi dastlabki uchrashuvni 9-10 fevral kuni Kubada “Cuba Domadores” bokschilariga qarshi o‘tkazadi.

Bugun erta tongda “Uzbek Tigers” jamoasi a’zolari – Xudoynazar Fayzov, Shunqor Abdurasulov, Mahmud G‘oipov, Madiyar Saydraximov va Bahodir Jalolov kabi Kubaga jo‘nab ketishdi.

“Cuba Domadores”ga qarshi o‘tadigan bellashuvlarda bokschilarimizga bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev va murabbiy Ravshan Xo‘jayev yordam beradi.

Ma’lumot uchun: Sportchilarning jismoniy holatiga qarab murabbiylar ro‘yxatga o‘zgartirish kiritishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 27 fevral kuni Kuba va 1 mart Kolumbiya terma jamoalariga qarshi kechadigan uy uchrashuvlari Termiz shahrida o‘tkaziladi.

E-visa Form
Uzbek