“Uzbek Tigers” mag’lubiyat alamini Termizda oladi

Kubada o’tkazilgan Butunjahon boks seriyalari (WSB) turniri guruh bosqichida “Cuba Domadores” va “Uzbek Tigers” jamoalari o’zaro bahslashdi.

Mazkur bellashuvda o’z vazn toifalarida Yozbani Viyeta – Xudoynazar Fayzovni 3:0, Lazario Alvares Estrada – Shunqor Abdurasulovni 3:0, Roniyel Iglesias – Mahmud G’oipovni 3:0, Xulio la Kruz – Madiyor Saidrahimovni 3:0 hamda Xose Larduyet Gomes – Bahodir Jalolovni 2:1 hisobida mag’lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa “Uzbek Tigers” safarda 5:0 hisobida mag’lubiya bo’ldi.

Endi jamoamiz 27 fevral kuni Termiz shahrida o’tkaziladigan “Cuba Domadores” va 1 mart kuni bo’lib o’tadigan “Colombia Heroicos” uchrashuvlariga tayyorgarlik ko’radilar.

E-visa Form
Uzbek