“Uzbek Tigers” va «Colombia Heroicos» jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuvda vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan Shunqor Abdurasulov va Duvan Zuleta o‘zaro raqobatlashdi.
Ushbu bellashuvda Shunqorning aniq zarbalariga qarshi Duvan chora topa olmadi va texnik nokautga uchradi.
“Biz bir oilamiz, ringdagi bokschilarning biri akam, biri ukam boshqasi do‘stimdir. Men ular g‘alaba qozonsa quvonaman, aksincha, mag‘lub bo‘lsa xafa bo‘laman. Mazkur jangda g‘alaba qozonishimizga ishonaman. Bugungi tarkibning hammasi yaxshi bokschilar. Ular bilan faxrlanaman”, deydi Hasanboy Do‘smatov.
Unda bokschimizning kolumbiyalik raqibi to‘rtinchi raundda maglubiyatini tan olib jangni davom etira olmadi.