Tennis bo’yicha Xotin-qizlar o’rtasidagi Federatsiyalar kubogining Osiyo/Okeaniya mintaqasi saralash bahslari ikkinchi guruh uchrashuvlari Bahraynda o’tkazilmoqda.

6-10 fevral kunlari o’tkaziladigan mazkur musobaqaning qur’a natijalariga ko’ra, O’zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Livan va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Guruhda terma jamoamiz ilk uchrashuvni Livan termasiga qarshi o’tkazmoqda.

Yakkalik bahslarining dastlabkisida yosh tennischimiz Yasmina Karimjonova livanlik Nensi Karakiyga qarshi kortga chiqib 6:2, 6:0 hisobida zafar quchgan bo’lsa, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ikkinchi uchrashuvda Xoda Habibni 6:0, 6:1 hisobida yengdi.

Ayni damda O’zbekiston va Livan terma jamoalari juftlik bahslarida kuch sinashmoqda. Unda Nigina Abduraimova hamda Oqgul Omonmurodova tandemi Sara Nassif va Nensi Karakiy o’zaro raqobatlashmoqda.

E-visa Form
Uzbek