ELCHIXONA MANZILI VA QABUL VAQTLARI

Elchixona konsullik okrugiga kiruvchi davlatlar: Hindiston, Bangladesh, Butan, Nepal, Shri Lanka

Manzil: EP-40, Dr. S. Radhakrishnan Marg, Chanakyapuri, New Delhi-110021

Konsullik bo’limning qabul vaqtlari: Dushanba – Juma: 09:00 – 18:00

Telefonlar: (91-11) 2467-0774, 2467-0775

Fax: (91-11) 2467-0773

Email: in.uzembassy@mfa.uz

KONSULLIK MASALALARI


  1. O`zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi olish.

O`zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi chet elda vaqtincha yashayotgan va O`zbekistonda doimiy ro`yxatda turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga quyidagi holatlarda beriladi: shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yo`qotgan, hujjati yaroqsiz holga kelgan, xorijiy davlat vakolatli idoralari tomonidan olib qo`yilgan, o`g’irlatilgan, muddati o`tgan, varaqlari tugagan hamda avval pasport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolarga beriladi.

Guvohnomani olish uchun arizachi elchixona veb-saytida shaxsni tasdiqlash haqidagi so`rovnoma – arizasini to`ldiradi va unga elektron fotosuratni biriktiradi va konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

  • qog`ozda chop etilgan, arizachinig imzosi qo`yilgan, bar-kodi ko`rsatilgan electron so`rovnoma – arizasi, 3 nusxada;
  • 2 dona rangli fotosurat (3х4 sм).

http://consulate.mfa.uz/anketa-new/index

  • Doimiy konsullik ro’yxatiga olish.

Doimiy konsullik hisobiga turish uchun vakolatxona konsullik bo`limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

  • O`zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti asl nusxasi;
  • doimiy turar joyi hududida yashash yoki ro`yxatga olingan joyidan ma’lumotnoma;
  • 3×4 sm fotosurat – 1 dona;
  • konsullik hisobiga olish uchun konsullik yig`imi;
  • elektron tarzda to`ldirilgan konsullik hisobiga olish varag`i.

http://consulate.mfa.uz/kus/create

  1. Vaqtinchalik konsullik ro’yxatiga olish.

Vaqtinchalik konsullik ro’yxatiga chet elga olti oydan ortiq vaqtga chiqqan O’zbekiston fuqarolari  olinadi.

Vaqtinchalik konsullik ro’yxatiga turich uchun quyidagi hujjatlar topshirishirladi:

  • vaqtinchalik ro’yxatga o’tish surovnomasi;
  • O`zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti nusxasi;

– 3×4 sm o`lchamli fotosurat-1 dona;

– vaqtinchalik konsullik hisobiga olish to’lovsiz amalga oshiriladi.

http://consulate.mfa.uz/kus/vcreate

  • O`zbekistondan hujjatlatlarni so’rab olish.

O`zbekiston Respublikasidan hujjatlarni so`rab olish uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqarolikka ega bo`lmagan shaxslar elchixonaga yoki bevosita O`zbekiston Respublikasi arxiv muassasalariga  murojaat etishlari mumkin.

         Elchixonaga murojaat etuvchi shaxs har bir so`rab olinayotgan hujjat uchun alohida belgilangan shakldagi maxsus anketani ikki nusxada to`ldirishi, shuningdek konsullik yig`imini, hamda amaldagi xarajatlarni qoplash yig`imini to`lashi shart.

Savollarga javoblar to`liq va aniq bo`lishi kerak.

Mehnat va nafaqa daftarchalari, harbiy biletlarning asl nusxalarini so`rab olish, jo`natib yuborish yoki xorijga chaqirtirib olishga yo`l qo`yilmaydi.

Amalda ma`lumot to`g`risidagi hujjatlarni (attestatlar, diplomlar va ulardan ko`chirmalarni) O`zbekiston Respublikasidan so`rab olishda manfaatdor shaxslarning bevosita o`quv muassasasiga murojaat etishi samarali natija beradi. Buning uchun shaxsiy ishni arxivlardan izlab topish, hujjatning dublikatini tayyorlash, shahodatlash va arizachiga jo`natib yuborish bilan bog`liq barcha xarajatlarning qoplanishi shart bo`ladi.

http://consulate.mfa.uz/docs/create

  • Tug`ilganlik to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasining guvohnomasini olish.

Tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomani olish quyidagi hujjatlarni taqdim etiladi:

– bola onasining yoki otasining arizasi.

– tibbiy muassasaning farzand tug`ilganligi to`g`risidagi ma’lumotnomasining asli yoki tasdiqlangan nusxasi.

– bola ota-onasining pasportlari.

– bolaning ota-onasi nikohlangani to`g`risidagi guvohnoma yoki uning tasdiqlangan nusxasi.

– agar bolaning ota-onasidan biri xorijiy davlat fuqarosi bo`lsa, bolaning xorijiy davlat fuqarosi bo`lgan otasining (yoki onasining) bolaga O`zbekiston Respublikasining tug`ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun notarial tasdiqlangan roziligini taqdim etish shart.

http://consulate.mfa.uz/?action=smrt

  1. O`lim to`g`risidagi guvohnomani rasmiylashtirish.

O`zbekiston Respublikasi fuqarosi uchun o`limi to`g`risidagi guvohnomani rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

– arizachining (qarindoshi, tanishi, dafn qilish xizmati yoki boshqa xizmat vakillari va b.) murojaatnomasi;

– tibbiy muassasaning o`lim to`g`risidagi ma’lumotnomasining asli yoki uning tasdiqlangan nusxasi;

– vafot etgan shaxsning pasporti yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat.

http://consulate.mfa.uz/?action=smrt

  • Doimiy yashashga chiqish.

Xorijga doimiy yashashga chiqish yozuvini rasmiylashtirish uchun arizachi shaxsan quyidagi hujjatlar to`plamini 3 nusxada topshiradi:

  • Ariza beruvchining yashab turgan davlatda doimiy yashashiga mahalliy hukumatning rasmiy roziligi, ushbu rozilik belgilangan tartibda legallashtirilgan bo`lishi lozim;
  • Xorijda doimiy yashashning sabablarini bayon qilgan holda ixtiyoriy shaklda qo`lda yozilgan ariza. Ushbu ariza ariza beruvchi shaxs tomonidan imzolangan, to`ldirish sanasi ko`rsatilgan, hamda konsul tomonidan tasdiqlangan bo`lishi lozim;
  • Qo`lda to`ldirilgan va konsul tomonidan tasdiqlangan “Ariza-anketa” (30-Forma);
  • O`zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining barcha betlarining, hamda tug`ilganlik haqidagi guvohnomaning kseronusxasi, konsul tomonidan tasdiqlangan bo`lishi lozim;
  • Tarjimai xol;
  • Hindistonda qonuniy yashash xaqida hujjat;
  • O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan ota-onasining va turmush o`rtog`ining, shuningdek agar birgalikdagi nikohdan bolalar bo`lsa, O`zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o`rtog`ining ham notarial tasdiqlangan roziliklari, ular vafot etgan, bedarak yuqolgan hollarda esa vafot etganlik haqidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo`qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi;
  • 14 dan 18 yoshgacha bo`lgan shaxslarning xorijda ota-onasi bilan yoki ularning biri bilan birga doimiy yashashga roziligi, konsul tomonidan tasdiqlangan bo`lishi lozim.

http://consulate.mfa.uz/pmj/create

  • Apostil.

O’zbekiston Respublikasi 2012 yilning aprelidan boshlab 1961 yil 5-oktabrda qabul qilingan xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaning ishtirokchisidir. Shu sababli, Hindistonda apostil qo’yilgan barcha hujjatlar konsullik bo’limida legalizatsiya qilinmaydi.

         Belgilangan tartibda Hindiston notariusi tomonidan tasdiqlangan va apostil qo’yilgan hujjatlar O’zbekiston Respublikasining barcha davlat muassasalarida qabul qilinadi