O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Geografik Joylashuv

O’zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan bo’lib, mintaqadagi boshqa davlatlar orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitlarga ega. Mamlakat hududi o’ziga xos past-tekislik va tog’ relefini o’z ichiga oladi.

O'zbekiston hududining katta qismini (4/5 qismi atrofida) pasttekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon pasttekisligidir.

Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-Shon va Pomir tog' (mamlakatning eng yuqori nuqtasi - 4643m) tizmalari joylashgan. O'zbekiston hududi markazida dunyoning bepoyon cho'llaridan biri — Qizilqum yastanib yotadi.

Respublika hududining 1/5 qismini tog' va tog'oldi hududlar tashkil etadi. Sharqiy hududi o'rta va baland tog'li relefdan iborat. Mamlakat hududi G'arbiy Tyan-Shon (Ugom, Pskem, Chotqol va Qurama tog' tizmasi) va Pomir-Oloy (Zarafshon, Turkiston, Hisor, Qo'hitangtog' va Boysuntog' tog' tizmasi) tog' tizmalari yonbag'rini o'z ichiga oladi. Janubdan g'arbga tomon ular qiyalab boradi va past-tekislikka qo'shilib ketadi. Ushbu tog'lar orasida ulkan Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon va Samarqand vohalari yastanib yotadi. Bularning eng kattasi hisoblangan Farg'ona vodiysining uzunligi 370 kilometr, kengligi 190 kilometrga yetadi. U uch tomondan baland tog' bilan o'ralgan va faqat g'arb tomoni tekislikdir. Afg'oniston bilan chegara hududda Amudaryo deltasi yoyilib yotadi.