Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ochildi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 8, 2018

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ochildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 14 noyabrdagi “Prokuratura organlari axborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muvofiq tashkil etilgan mazkur markaz zamonaviy texnologiyalar va kreativ yondashuvlardan foydalangan holda axborot-tahliliy media materiallarni tayyorlaydi.

Bu yerda audio va videoroliklar, teleko‘rsatuv va radio eshittirishlar, ijtimoiy reklamalar, voqea joyidan reportajlar tayyorlanib, efirga, shuningdek internet tarmog‘iga uzatiladi.

Efirga uzatish va yoki tarqatish uchun tayyorlangan har bir media materialning dolzarbligi, huquqiy jarayonlar va davr talabiga mosligi hamda yuqori saviyada bo‘lishi talab etiladi.

Multimedia markazi haqidagi batafsil ma’lumotlar saytimizda e’lon qilinadi.