Ichki ishlar organlarida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir masala ko‘rib chiqildi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 16, 2018

Ichki ishlar organlarida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir masala ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida o‘tkazilgan yig‘ilishda ichki ishlar tizimida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir masala ko‘rib chiqildi.

2017- yil 1-dekabr kuni Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolangan edi. Hujjatda hamkorlikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan qator vazifalar belgilangan.

Vazirlik va Yoshlar ittifoqi tomonidan 2018-yil O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi imzolangan. Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari, bajarish muddatlari va mas’ullari ko‘rsatib o‘tilgan.