O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida qancha xorijlik talaba ta’lim oladi?

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 18, 2018

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida qancha xorijlik talaba ta’lim oladi?

Yuzlab yigit-qizlarimiz Yevropa, Osiyo, Amerika qit’asidagi rivojlangan davlatlarning nufuzli ta’lim muassasalarida bilim olmoqda. Bu quvonarli, albatta. Biroq O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida-chi? Chet ellik yoshlar bizning institut va universitetlarimizda ham o‘qishadimi?

O‘zbekiston Respublikasi davlat statistik qo‘mitasining rasmiy saytida bu savolga oydinlik kiritiladi.

2017/2018 o‘quv yilida xorijiy davlatlardan kelgan 276 nafar yigit-qiz talabalikka qabul qilingan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 126 nafarga (84 foizga) ko‘paygan. Ularning asosiy qismini Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari, xususan Turkmaniston (120 nafar), Rossiya (56 nafar), Qozog‘iston (42 nafar) yoshlari tashkil etadi.