Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zaxira o‘rinlari tayyorlandi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 19, 2018

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zaxira o‘rinlari tayyorlandi

Kecha Qozog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketgan halokat oqibatida jabrlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tashkil etilgan tezkor tibbiy guruh kambustiolog, anesteziolog-reanimatolog, sud-med ekspert va psixolog kabi malakali shifokorlardan tarkib topgan. 

Guruhga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Asilbek Xudayarov boshchilik qilmoqda. Tezkor tibbiy guruh zarur vositalar, dori-darmon zaxiralari bilan yetarli darajada ta’minlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zaxira o‘rinlari tayyorlangan.