Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan taqdimot yig‘ilishlarida qanday masalalar muhokama etildi?

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 22, 2018

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan taqdimot yig‘ilishlarida qanday masalalar muhokama etildi?

Farzandingiz darslarni qanday o‘zlashtiryapti? Kimlar bilan do‘st? Maktabdan keyingi bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazmoqda? Uning yurish-turishi, qiziqishini o‘rganib borasizmi?

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha maktablarida o‘tkazilgan o‘quv maskanlarining 2018-yilgi rejalari va galdagi vazifalariga bag‘ishlangan taqdimot yig‘ilishlarida shu kabi dolzarb masalalar keng muhokama etildi.

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 64-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan taqdimotga ota-onalar bilan birga huquq-tartibot idoralari, mahalla faollari taklif etildi.

– Avval farzandlarim, endi esa nevaralarim shu maktabda o‘qimoqda, – deydi Nur mahallasi faoli T.Sobirov. – Maktab rejasiga oid taqdimotning huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirokida o‘tkazilishi yaxshi tashabbus. Imkoniyatlarning qadriga yetmay, to‘qlikka sho‘xlik qilib, o‘zini ham, ota-onasini ham mulzam etayotgan ayrim o‘quvchilar misolida boshqalar o‘zi uchun tegishli xulosa chiqarishi, ta’lim-tarbiyaga mas’uliyat bilan yondashishi uchun bunday tadbirlar yaxshi imkoniyatdir. Negaki, ta’lim-tarbiyada befarqlik, xotirjamlik ketmaydi.

Tadbirda maktabning kelgusidagi rejalari, ta’lim maskani, mahalla, ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash xususida batafsil so‘z yuritildi. O‘qishda, jamoat ishlarida tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.