«1198» qisqa ishonch raqamidan soliqqa oid murojaatlar qabul qilinadi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 29, 2018

«1198» qisqa ishonch raqamidan soliqqa oid murojaatlar qabul qilinadi

Aholidan soliq sohasiga oid shikoyat, murojaat va takliflarni tezkor qabul qilish maqsadida «1198» qisqa raqami ishga tushirildi, deb yozmoqda Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy saytida.

Ushbu raqamga qo‘ng‘iroqlar respublikaning barcha hududlaridan amalga oshirilishi mumkin.

Shu vaqtga qadar soliq to‘lovchilarda Davlat soliq qo‘mitasining 244-98-98 raqamli hamda hududiy davlat soliq xizmati organlarida o‘rnatilgan «Ishonch telefoni» raqamlari orqali murojaat qilish imkoni mavjud edi. Endi ular qatoriga ?198» raqami ham qo‘shildi.