O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvida yangi tayinlov

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 31, 2018

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvida yangi tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Adxam Rustamovich Islamov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Adham Islamov bungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatining bosh konsultanti lavozimida ishlab kelgan.

Yangi o‘rinbosar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti, Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti, Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini moliyalashtirish borasida tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.

Uning zimmasiga Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi va Davlat asillik darajasini belgilash palatasi ishini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi.