2018-yil 20-oktabrda O‘zbekistonda ommaviy diktant tadbiri o‘tkaziladi.
Davlat dasturiga asosan rejalashtirilayotgan mazkur tadbir korxona, muassasa va tashkilotlarda o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali.
Ta’kidlanishicha, ommaviy diktant tadbirini o‘tkazishdan maqsad savodxonlikni oshirish, madaniy hayotning barcha sohalarida milliy boyligimiz hisoblangan o‘zbek tilining rolini kuchaytirishdir.
O‘z savodxonlik darajasini aniqlamoqchi bo‘lgan yurtdoshlarimiz mazkur tadbirga ixtiyoriy ravishda qatnashishi mumkin.


























