Pensiya va nafaqalarga lotereya biletlari qo‘shib berilishi holatlari qayd etilgan

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Fevral 8, 2018

Pensiya va nafaqalarga lotereya biletlari qo‘shib berilishi holatlari qayd etilgan

Bugungi kunda Xalq banki tomonidan mijozlarga bir necha turdagi lotereyalar taklif etilmoqda, lekin ayrim holatlarda mijozlarga bank xizmatlari ko‘rsatish jarayonida pensiya va nafaqalarga lotereya biletlari qo‘shib berilishi holatlari qayd etilgan, deyiladi Xalq bankining Adliya vazirligiga yo‘llagan xatida.

Xatda ta’kidlanishicha, lotereya biletlarini ish haqlari, pensiya va nafaqalar, boshqa birinchi darajali to‘lovlarga qo‘shib sotish qat’iyan taqiqlangan. Bu bo‘yicha quyi filiallarga Xalq banki boshqaruvining alohida ko‘rsatmasi berilgan.

Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar va shikoyatlarda ko‘tarilgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan filial rahbarlari va mas’ul xodimlariga nisbatan mehnat qonunchiligi talablari doirasida intizomiy choralar ko‘rilgan.

Jumladan, o‘tgan yilda mijozlarga bank xizmatlari ko‘rsatilishida amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etmagan va ishda (jumladan, lotereyalar bilan ishlashda) qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bank filiallarining 222 nafar rahbar xodimiga Mehnat kodeksining hayfsan va o‘rtacha ish haqiga nisbatan jarima qo‘llash tarzidagi intizomiy chora ko‘rilgan, 91 nafar rahbar va bosh buxgalter esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Bank rahbariyati tomonidan fuqarolarga lotereyalarning sotilishini qat’iy ravishda ixtiyoriylik prinsipiga rioya qilgan holda amalga oshirish va fuqarolarning asosli e’tirozlari kelib chiqishining oldini olish choralari ko‘rib boriladi va jarayon doimiy nazoratga olinadi.

Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi rasmiy kanali – «Huquqiy axborot» xabar tarqatdi.