15 nafar bemor bola Germaniyada bepul davolanadi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Fevral 14, 2018

15 nafar bemor bola Germaniyada bepul davolanadi

Yaqinda «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi ko‘magida teri kuyishi asoratlari, qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari, lab-tanglayning tug‘ma nuqsoni bilan kasallangan 15 bemor bola Germaniyaga davolanish uchun jo‘nab ketdi.

2002- yilda «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi. Hamkorlik doirasida 12 yoshgacha bo‘lgan bemor bolalar teri kuyishi asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari nuqsoni va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolandi.

Ushbu xalqaro tashkilotning grant mablag‘lari hisobiga 2017-yilda yurtimizdan 146 nafar tug‘ma lab-tanglay nuqsoni bo‘lgan bolada jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. «Chiroyli oyoqchalar» loyihasi doirasida 174 nafar bolaning salomatligi jarrohlik amaliyoti orqali tiklandi. Teri kuyishi asoratlari bo‘lgan 49 nafar bolada plastik operatsiyalar o‘tkazildi.

– E’tiborsizligim tufayli sog‘lom o‘sayotgan o‘g‘lim Muhammadzohidni shunday xasta qilib qo‘ydim, – deydi andijonlik Barno Jamoliddinova. – Davlatimizdan, mehr-oqibatli xalqimizdan minnatdorman. Shunday og‘ir damda menga dalda bo‘lib, o‘g‘limning sog‘ayib ketishi uchun har tomonlama ko‘maklashdi. Bolam bir necha bor yurtimizdagi nufuzli shifoxonalarda bepul davolandi. Salomatligini bundan-da yaxshilash uchun Germaniyada ham bepul davolanadi. Yaxshilarning sharofati bilan o‘g‘lim sog‘ayib bag‘rimga qaytadi, deb umid qilaman.