Davlatimiz g‘amxo‘rligidan minnatdormiz

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Fevral 21, 2018

Davlatimiz g‘amxo‘rligidan minnatdormiz

Samarqandda “Aholi bandligini ta’minlashda tadbirkorning o‘rni beqiyos” shiori ostida o‘tkazilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishsiz fuqarolar o‘zlariga munosib ishga yo‘llanma olmoqda. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish yoki o‘z biznesini kengaytirish istagida bo‘lgan fuqarolarga esa, tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit ajratilishi to‘g‘risida sertifikatlar topshirilayotir. Viloyat shahar va qishloqlaridan kelgan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bir guruhiga maishiy texnika vositalari topshirildi.

–Hayotda to‘g‘ri yo‘ldan adashib, jinoyat sodir etib qo‘ygandim, – deydi Pastdarg‘om tumani Besh nayman mahallasida yashovchi Ziyodulla Rahmonov. – Hozir qonunda belgilangan jazoni o‘tab bo‘ldim. Endi halol mehnat qilib, jamiyatda o‘z o‘rnimni topishga harakat qilaman. Bugungi yarmarka ushbu maqsadga erishishim uchun katta imkoniyat yaratdi. “Temirqalqon” qurilish korxonasiga ishga joylashish uchun yo‘llanma oldim.

–Xonadonimizda gaz plitasi yo‘qligi uchun ro‘zg‘or yumushlarida qiynalar edik, – deydi kattaqo‘rg‘onlik Nigora Ro‘ziyeva. – Endi bu muammomizga barham berildi. Yarmarkada viloyat hokimligi tomonidan oilamizga zamonaviy gaz plitasi va gaz balloni berildi. Bundan juda xursandmiz. Biz kabi ehtiyojmand oilalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz.

–Ishtixon tumanidanman, – deydi Samarqand komputer texnologiyalari va gidromelioratsiya kolleji o‘quvchisi Jahongir Eshnazarov. – Bu yil kollejni bitirib, tumanimiz markazida komputer xizmatlari bo‘yicha servis shoxobchasi ochmoqchiman. Buning uchun biznes reja ham ishlab chiqqanman. Bugungi yarmarkada O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Samarqand filialidan 13 million so‘m imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikat topshirishdi. Bu mablag‘ tadbirkorlik faoliyatimni yo‘lga qo‘yishim uchun katta turtki bo‘ladi.