Andijonda “Odam savdosiga qarshi kurashish – dolzarb masala” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi Odam savdosiga karshi kurashish bo‘yicha ishchi komissiyasi mas’ul xodimlari, sog‘liqni saqlash, bojxona, xalq ta’limi boshqarmalari mutasaddilari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar viloyat kengashlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda viloyatda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning bugungi holati, ularning oldini olish, noqonuniy mehnat migratsiyasini bartaraf etish, odam savdosi qurboniga aylangan fuqarolarga ijtimoiy, ruhiy, tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

























