Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi «Intilish» mahallasida barpo etilgan yangi «Ahmad ibn Malik» jome masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimi G‘.Mirzayev, viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Saidov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi rais o‘rinbosari I.Inomov va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida musulmonlarning haj, umra ziyoratiga emin-erkin borishlari, besh vaqt nomoz o‘qib, toat-ibodat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi.

Avval ushbu mahalla musilmonlari juman nomozini o‘qishlari uchun 6-7 chaqirim yo‘l bosib tuman markaziga borishardi. Mana endi bemalol 800-850 kishi bir vaqtning o‘zida toat-ibodat qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bu ajoyib masjidda bemalol namoz o‘qishlari mumkin. Bularning barchasi mustaqillik, mamlakatimizda barcha din vakillari uchun emin-erkinlik berilgani, hukumatimizning olib borayotgan oqilona va adolatli siyosati tufaylidir.
Milliy an’analarimizga ko‘ra masjid ochilishi shukronasiga jonliq so‘yilib, muhtoj oilalarga tarqatildi. Yangi masjidning imom-xatibi Ulug‘bek domla Qobilovga Adliya boshqarmasining guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.


























