Nepal poytaxti Katmandu va boshqa qator shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda, ularda komendantlik soati joriy qilingan.
Shuningdek, to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgani va jarohat olganlar haqida xabarlar tarqamoqda.
Shaxsiy xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida Nepal hukumati ko‘rsatmalariga amal qilishga, xususan, odam gavjum joylardan yiroqda bo‘lish, namoyish o‘tkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik, mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish tavsiya etiladi.
Favqulodda vaziyatlarda O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi konsullik bo‘limining quyidagi raqamiga murojaat qilishingiz mumkin:
+91 9499485962 (Telegram/WhatsApp).
Telefon raqami tunu-kun ishlaydi.


























