O‘zbekistonda turistlar soni ortmoqda

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Oktabr 28, 2025

O‘zbekistonda turistlar soni ortmoqda

Mamlakatimizning turistik salohiyati kundan-kun oshib, tarixiy qadamjolarimiz restavratsiya qilinmoqda. Yangi mehmonxonalar, yuqori tezlikdagi temir yo‘l marshrutlari, ichki aviareyslar va yangilangan madaniy diqqatga sazovor joylar sayohatchilar uchun betakror imkoniyatlarni yaratmoqda.

Bularning barchasi tarixiy va madaniy merosimizning cheksiz boyligini kashf etayotgan sayyohlarni jalb qilishga yordam bermoqda.

Xususan, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida qariyb 8,6 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,8 million nafarga oshgan. 

Ularning soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha: 

Qirg‘iziston – 2,4 million, 
Qozog‘istondan – 2 million, 
Tojikiston – 1,9 mln, 
Rossiya – 757,1 ming, 
Afg‘oniston – 343,6 ming, 
Turkmaniston – 275 ming, 
Xitoy – 176,9 ming, 
Turkiya – 129,9 ming, 
Hindiston – 55,8 ming, 
Koreya Respublikasi – 35,2 ming nafar. 

Shuningdek, boshqa davlatlardan 400 ming nafardan ortiq fuqarolar turistik maqsadlarda mamlakatimizga kelgan.

O‘zA