Javohir Sindarov FIDE jahon reytingida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Iyun 2, 2026

Javohir Sindarov FIDE jahon reytingida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov iyun oyidagi FIDE reytingida jahonning to‘rtinchi eng kuchli shaxmatchisiga aylandi va may oyiga nisbatan bir pog‘ona yuqoriladi. May oyida u Ruminiyadagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, uchinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning iyun oyi uchun yangilangan reytingida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Uning xalqaro musobaqalarga tayyorgarligi va murabbiylar bilan mashg‘ulotlari O‘zbekiston milliy banki ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Yangi reytingda Sindarov 2777 ochkoga ega. May oyiga nisbatan u bir pog‘ona yuqoriladi: bir oy avval u 2776 reyting bilan beshinchi o‘rinni egallab turgandi.

May oyida shaxmatchi Buxarestda bo‘lib o‘tgan Super Chess Classic Romania turnirida uchinchi o‘rinni bo‘lishdi. U 9 balldan 5 ochko jamg‘arib, 63,3 ming dollar mukofot pulini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonning yana bir vakili — Nodirbek Abdusattorov — beshinchi o‘rinni egalladi. Unda ham 2777 reyting ochkosi mavjud.

Jahon reytingida birinchi o‘rinda Magnus Karlsen bormoqda — 2841 ochko. Ikkinchi o‘rinda Fabiano Karuana — 2792, uchinchi o‘rinda — Hikaru Nakamura, unda ham 2792 ochko bor.

Shu tariqa, biryo‘la ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi dunyoning eng kuchli besh nafar o‘yinchisi qatoriga kirmoqda.

FIDE reytingining iyun oyidagi top 5 ligi:

  1. Magnus Karlsen — 2841
  2. Fabiano Karuana — 2792
  3. Hikaru Nakamura — 2792
  4. Javohir Sindarov — 2777
  5. Nodirbek Abdusattorov — 2777.

Top 100 likka Nodirbek Yoqubboyev (40-o‘rin, 2689), Rustam Qosimjonov (50-o‘rin, 2665) va Shamsiddin Vohidov (89-o‘rin, 2637) ham kiradi.

Sindarovning navbatdagi turniri 7−15-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan UzChess Cup bo‘lishi kerak.