Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon Bosh vazirini qabul qildi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Iyun 17, 2026

Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon Bosh vazirini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadovni qabul qildi.

Uchrashuvda Ozarbayjonning “PASHA Holding”, “Neqsol Holding”, “AzerGold” kompaniyalari hamda Ozarbayjon Xalqaro banki rahbarlari ham ishtirok etdilar.

Suhbat avvalida Ali Asadov davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mamlakatimiz yetakchisi, oʻz navbatida, Ozarbayjon xalqini kuni kecha boʻlib oʻtgan bayram – Milliy najot kuni munosabati bilan tabrikladi.

Oʻzbekiston – Ozarbayjon doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Barcha darajalardagi faol aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshdi. Qurilish, energetika, togʻ-kon sanoati, geologiya, logistika, turizm va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Ikki mamlakat hukumatlari boʻlajak oliy darajadagi sammitning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlashi muhimligi taʼkidlandi.

Bunda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va Hududlar forumi natijador oʻtishini taʼminlash zarurligi qayd etildi.