Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Iyun 24, 2026

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 24-iyun kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Oʻzbekiston – Qozogʻiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhim ekanini taʼkidladilar.

Amaliy hamkorlik, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, ekologiya, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida yuqori surʼat bilan rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barcha darajadagi faol almashinuvlar alohida eʼtirof qilindi. Yetakchilar ikki mamlakat Prezidentlari Administratsiyalari oʻrtasida erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida amalga oshirish hamda sheriklik kun tartibini yangi loyiha va tashabbuslar bilan boyitishga xizmat qilayotgan yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini olqishladilar.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.