24–25-iyul kunlari Samarqand Birodar shaharlar xalqaro forumi ishtirokchilarini qabul qildi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Iyul 27, 2026

24–25-iyul kunlari Samarqand Birodar shaharlar xalqaro forumi ishtirokchilarini qabul qildi

Shu yil 24–25 iyul kunlari Samarqand shahrida Birodar shaharlar xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum O‘zbekistonning xalqaro hamkorligini yana-da kengaytirish, shaharlar o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini mustahkamlash va xalq diplomatiyasini rivojlantirishga qaratilgan muhim xalqaro muloqot maydoniga aylandi.

Forum doirasida:

·  O‘zbekiston va xorijiy davlatlar shaharlarining o‘zaro hamkorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;

·  Sohalar kesimida panel sessiyalar va davra suhbatlari;

·  Birodar shaharlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari va bitimlarini imzolash marosimlari;

·  Xalq diplomatiyasi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan taqdimotlar;

·  Xorijiy delegatsiyalar ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbirlar;

·  Samarqandning tarixiy-madaniy obidalari bo‘ylab tanishuv sayohatlari;

·  O‘zbekiston hududlarining investitsiyaviy, turistik va madaniy salohiyatini namoyish etuvchi ko‘rgazmalar o‘tkazildi.

Tashkilotchilarning fikricha, Birodar shaharlar xalqaro forumi sheriklikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda turli mamlakatlar shaharlari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim platformaga aylandi.