O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Bugun Nyu-Dehlida Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu qabulida bo‘lganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. – Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdik.
Siyosiy muloqotni yanada faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik.
Samimiy qabul uchun Prezidentga chuqur minnatdorlik bildirib, ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash bo‘yicha izchil hamkorlikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdik.”
“Dunyo” AA


























