Shavkat Mirziyoyev Namanganga keldi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

May 2, 2018

Shavkat Mirziyoyev Namanganga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2 may kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Namangan viloyati mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati yuqori, boy tarix va madaniyatga ega hududlaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, shahar va qishloqlari qiyofasi kun sayin o‘zgarib, obod bo‘lib bormoqda, aholi turmush farovonligi yuksalmoqda.

Xususan, joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyatda 2 trillion 121 milliard 300 million so‘mlik yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,4 foiz o‘sish qayd etilgan. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 784,5 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,2 foizga o‘sishga erishilgan.

Viloyatni hududiy rivorjlantirish dasturlariga asosan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalarida 107 loyiha amalga oshirilib, minglab yangi ish o‘rni yaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda Namanganga tashrif buyurib, viloyatda qurilish-bunyodkorlik ishlarini keng ko‘lamda davom ettirish, turizm, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. Mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi oshdi. Zamonaviy uy-joylar, infratuzilma obyektlari bunyod etildi.

Viloyatda olib borilayotgan bu kabi ishlar, belgilangan vazifalarning ijrosi va loyihalarning amaliy natijasi Prezidentimizning doimiy e’tiborida. Bu galgi tashrif davomida davlatimiz rahbarining yangi loyihalar bilan tanishishi, tadbirkor va investorlar hamda aholi vakillari bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar belgilab olinadi.