Hindistondagi vatandosh: olgan boy bilim va tajribamizni Vatan ravnaqi yo‘lida safarbar etamiz

“Investment portal of Uzbekistan”

Citizens of 76 countries will be able to get an electronic visa to Uzbekistan (List)

Uzbekistan announces visa waiver for citizens of 45 countries (List)

Important Visa Information for Indian Citizens Travelling to Uzbekistan

August 25, 2020

Hindistondagi vatandosh: olgan boy bilim va tajribamizni Vatan ravnaqi yo‘lida safarbar etamiz

DEHLI, 25-avgust. /“Dunyo” AA/. Xorijda yashab mehnat qilayotgan vatandoshlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga faol jalb etish, ular tajribalaridan foydalanish borasida  davlatimiz  rahbarining alohida tashabbuslari ilgari surildi. Ushbu tashabbus  chet davlatlarda yashayotgan, mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olindi.

Jumladan, Dehli universiteti doktoranti Muzaffar Haqberdiyev “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida Prezidentimiz tomonidan xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarga qaratilayotgan eʼtibor haqida quyidagilarni qayd etdi.

— Hozirgi kunda Hindiston yetakchi oliy o‘quv yurtlarida 50 dan ziyod o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, Hindistonda O‘zbekiston talabalari uyushmasi ham tashkil etilgan. Uyushma o‘z maqsad-vazifalariga sodiq ravishda o‘zbek talabalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Mamlakatimiz elchixonasi bilan hamkorlikda turli tadbirlar tashkil etib, ularda yurtimizdagi o‘zgarish va yangilanishlar haqida keng miqyosda maʼlumotlar beryapmiz.

Joriy yilning 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga munosib sharoit yaratish va ular bilan ishlashda yangi tizim yaratish masalasi O‘zbekiston tarixida birinchi bor ushbu shaklda muhokama qilindi. Yig‘ilish tafsilotlari men kabi xorijda mehnat qilayotganlarga katta taassurot qoldirdi. Jumladan, xorijdagi vatandoshlarni ijtimoiy, huquqiy va moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar biz uchun katta voqealik  bo‘ldi.

Taʼkidlash joiz, Hindiston oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislarni tayyorlashga katta eʼtibor beriladi. Ular bitiruvchilari axborot texnologiyalari sohasida dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida muvaffaqiyatli ishlamoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan respublikamizda Hindiston oliy o‘quv yurtlari filiallarining ochilishi esa ushbu sohada Hindiston tajribasini o‘rganish va ommalashtirish imkonini beradi.

Hindistonda ilmiy izlanishlar olib borayotgan men kabi olim va talabalar ushbu mamlakatda olgan boy bilim va tajribamizni kelajakda Vatanimiz ravnaqi yo‘lida safarbar qilamiz.

Fursatdan foydalanib, Hindistonda tahsil olayotgan talabalar nomidan barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 29 yillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.