21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida O’zbekistonlik o‘quvchilar 19 ta medalga sazovor bo‘ldi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 19, 2025

21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida O’zbekistonlik o‘quvchilar 19 ta medalga sazovor bo‘ldi

Joriy yil 13-17 yanvar kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan 21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Dunyoning 20 mamlakatidan 700 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi katta muvaffaqiyatga erishdi.

O‘zbek yoshlari 2 ta oltin, 5 ta kumush, 12 ta bronza – jami 19 medalni qo‘lga kiritdi.

Xususan, matematika fanidan “Artel Technical School” nodavlat ta’lim muassasasining 11-sinf o‘quvchisi Asadbek Boboqulov hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi Elbek Zohidjonov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan yilgi 20-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida jami 14 ta medalga sazovor bo‘lgan edi. 

O‘zA