30 ta oliy o‘quv yurti besh mingdan ortiq monoblokka ega bo‘ldi. Jarayon davom etmoqda

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 22, 2018

30 ta oliy o‘quv yurti besh mingdan ortiq monoblokka ega bo‘ldi. Jarayon davom etmoqda

2017-2021-yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi doirasida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, eng so‘nggi rusumdagi texnik vositalar, komputer va ofis uskunalari bilan ta’minlanmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ma’lum qilishlaricha, joriy o‘quv yilida mamlakatimizning 30 ta oliy o‘quv yurti besh mingdan ortiq shunday monoblokka ega bo‘ldi.

Bunday shaxsiy komputerlar o‘ziga xos ixchamligi bilan ajralib turadi, shuningdek, ularga Wi-Fi signalini qabul qiluvchi moslama hamda veb-kamera o‘rnatilgan.