O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR UCHUN MAXSUS MEDAL TA’SIS ETILDI

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Dekabr 26, 2017

O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR UCHUN MAXSUS MEDAL TA’SIS ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida senatorlar “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ma’qulladi.

Qonun bilan “Kelajak bunyodkori” medalining tavsifi va “Kelajak bunyodkori” medali to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom “Kelajak bunyodkori” medali bilan xalq manfaatlari yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilayotgan, yuksak vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etib kelayotgan, Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va shon-shuhratini yuksaltirishga munosib hissa ko‘shayotgan, jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, o‘qishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mukofotlanishi tartibini belgilab beradi.