Shavkat Mirziyoyev: yerdan unumli foydalanish choralarini ko‘rish kerak

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 6, 2018

Shavkat Mirziyoyev: yerdan unumli foydalanish choralarini ko‘rish kerak

Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Quyichirchiq tumanidagi sobiq «Kanop» zavodi hududida bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Bu yerda qishloq xo‘jaligi texnikalarining mavsumga tayyorgarligi, tumanda 2018-2019-yillarda irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish kabi loyihalar namoyish etildi. Shuningdek, paxta maydonlarini joylashtirish, qoramol boqish orqali aholini sifatli go‘sht bilan ta’minlash, yilqichilik, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilikni yo‘lga qo‘yish, ekin maydonlari yaratish kabi ma’lumotlar o‘rin olgan.

Davlat rahbari yerdan unumli foydalanish, bir qarich yerni ham qarovsiz qoldirmaslik lozimligini ta’kidladi.

Loyihalarda kanop yetishtirish, sholini qayta ishlash, meva-sabzavotlarni saqlash, qadoqlash, Toshkent viloyatining tumanlarida paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish kabi istiqbolli loyihalar o‘rin olgan.