Uyg‘ur qishlog‘ida 120 nafar yigit-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 7, 2018

Uyg‘ur qishlog‘ida 120 nafar yigit-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi

Andijon viloyati Paxtaobod tumani Uyg‘ur qishlog‘ida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Biznes erkin tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.

Qishloq markazidagi foydalanilmay turgan savdo majmuasi “Biznes erkin tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 2,5 milliard so‘m investitsiya kiritish, 120 yangi ish o‘rni yaratish sharti bilan nol qiymatda berildi.

3.JPG

– Nol qiymatda taqdim etilgan binoda 2 milliard 700 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi, – deydi korxona rahbari Sardorbek Hojimatov. – Yaponiya va Turkiya davlatlaridan zamonaviy dastgohlar keltirib o‘rnatildi. Korxonamizda oyiga 25 ming dona ayollar, bolalar va erkaklar trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. Eng muhimi, 120 nafar qishloq yoshlari doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

5.JPG

Ayni kunda korxonada tayyorlanayotgan sifatli va bejirim trikotaj mahsulotlari asosan ichki bozorda sotilmoqda. Joriy yilning ikkinchi yarmidan boshlab mahsulotlar Qirg‘iziston va Rossiya davlatlariga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.