Fotoreportaj: Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 7, 2018

Fotoreportaj: Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir

Xorazm viloyati markazidagi Jaloliddin Manguberdi majmuasida «Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir» shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Navqiron avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish maqsadiga yo‘naltirilgan tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari, viloyat mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti xodimlari, «Temurbeklar maktabi» o‘quvchilari ishtirok etdi.

– Bu yerga onam va do‘stlarim bilan keldim, – deydi 9 yoshli Oybek Sharipov. – Otam ham harbiy xizmatchi. Kelajakda xuddi otam singari harbiy bo‘lish orzuimdir.

Tadbir davomida Serjantlar tayyorlash maktabi kursantlarining ko‘rgazmali chiqishlari, shuningdek, qiziqarli konsert dasturi namoyish etildi.

11 (6).jpg
8 (1).jpg